Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonunchilikda boshqacha tartib oʻrnatilgan boʻlmasa, baholovchi tashkilot tomonidan mulk huquqi bekor qilingan paytda belgilanadi.

(205-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymatini mulkdorga toʻlash bahosi haqida mulkdor sudga eʼtiroz bildirishi mumkin.

Mulkdor mol-mulkining olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan boshqa zararlarni toʻlashni ham talab qilishga haqli.