Mol-mulkni yoʻq qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.

(198-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi OʻRQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)

Mulkdor tomonidan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yoʻq qilingan boʻlsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin.

(198-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

(198-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)