Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qoʻshimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)