Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar yoʻllashga majbur.

(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)