Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:

probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylarning (obyektlarning) roʻyxatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi;

(25³-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)

mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini oʻtash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini taʼminlaydi;

majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslarning mehnatini qoʻllash samaradorligini oʻrganadi.