Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi har qanday sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi va ajrimi ijro etilishini berilgan shikoyat (protest) kassatsiya yoki taftish tartibida hal qilinguniga qadar toʻxtatib turishga haqli, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan sud qarorlari mustasno. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslar ishni talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijro etilishini to ular yuzasidan shikoyat (protest) berilguniga qadar koʻpi bilan uch oyga toʻxtatib turishga haqlidir.

(55-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)

55¹-bob. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HUKMI, AJRIMI USTIDAN APELLYATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH (PROTEST BILDIRISH)