Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) hukmni oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;

2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;

3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;

4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;

5) hukmni bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida;

6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida;

(497²⁶-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)

7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida;

8) shikoyat, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.

(497²⁶-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)

Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.

(497²⁷-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)

(497²⁸-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)

(497²⁹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)

(497³⁰-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son)