(76-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 avgustdagi OʻRQ-865-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son — 2023 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi)

Suv xoʻjaligi inshoootlari va qurilmalarini shikastlantirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(76-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, —

(76-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 avgustdagi OʻRQ-865-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son — 2023 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi)

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(76-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)