Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoxud unga rioya qilmagan holda roʻyobga chiqarish, shuningdek bunday xulosasi boʻlmay turib obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(96-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(96-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)