Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish hamda tayyorlashning, shuningdek oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(79¹-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)