Ish beruvchi quyidagi shaxslarga ularning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish vaqti belgilashi shart:
homilador ayolga;
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga);
tibbiy xulosaga muvofiq oilaning betob aʼzosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsga.
(398-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1150-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 03/06/1150/0587-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 12-sentabr)