(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilik fuqarolar, yuridik shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi masalalar boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi:
(2-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, oʻzgarishi hamda bekor boʻlishi;
uy-joy fondini hisobga olish;
uy-joy fondini saqlash, qarash va taʼmirlashni taʼminlash;
fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish.
Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va oʻzgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar qonunda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)