Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:

fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashadi;

kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

(6-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;

(6-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

(6-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)