Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:
uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
uy-joy xoʻjaligi va kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari boʻyicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash tizimini tartibga soladi;
kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)