Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.

Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:

servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami;

servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;

shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

servitutning amal qilish muddati;

servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda);

shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;

belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.

(30¹-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)