Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega:
bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini oʻtkazayotganda;
boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonunchilikda oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs.
(211-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining mansabdor shaxslari hozir boʻlishga haqli.
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar shunday tanlab olish:
bojxona nazorati oʻtkazilishini qiyinlashtiradigan boʻlsa;
tovar tavsiflarini oʻzgartiradigan boʻlsa.
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(211-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)