Ekspert:
bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli boʻlgan materiallar bilan tanishish;
tovarlar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;
bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini oʻtkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish;
oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, balki bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli boʻlgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega.
Ekspert:
oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining har tomonlama va toʻliq tekshiruvini oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va xolisona xulosa berishi;
bojxonaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan yoki koʻrib chiqayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi boʻyicha oʻzi bergan xulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni toʻldirish uchun hozir boʻlishi;
bojxona nazoratini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etishi;
bojxona ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etmasligi;
taqdim etilgan tekshirish obyektlarining butligini taʼminlashi shart.
Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(213-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)