Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojxona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojxona toʻlovlari toʻlangan va bojxona ekspertizasi natijalariga koʻra qoʻshimcha ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdordagi bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminoti taqdim etilgan boʻlsa, bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar bojxona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi.
(271¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-913-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 03/24/913/0158-son — 2024-yil 28-maydan kuchga kiradi)