Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti:
tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilmagan yoki xatlanmagan boʻlsa;
qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlmasa;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hisoblanishi mumkin boʻlgan bojxona toʻlovlarini va jarimalarni toʻlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan taʼminlangan boʻlsa.
(273-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
VII boʻlim. Deklarant, bojxona brokeri va bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis