Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.

(395-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.

(395-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)

Alohida hollarda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.