Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:

1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;

3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;

4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.

(402-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)