Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

(402¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)