Ishni koʻrayotgan sud joylashgan yerdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kelish imkoniga ega boʻlmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoxud guvohning oʻz iltimosnomasi boʻyicha, ishni koʻrib chiqayotgan sudning topshirigʻiga binoan oʻzlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferensaloqadan foydalangan holda soʻroq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni koʻrib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan soʻroq qilinadi.
Fuqarolik protsessual kodeksi
I bo'lim
8 bob. Dalillar
83-modda
Guvohlarni ularning yashash joylarida soʻroq qilish
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish83-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.