Qoida tariqasida, yozma dalillarning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi taqdim etiladi. Agar hujjatning koʻchirma nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarur hollarda, uning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Agar koʻrib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli boʻlsa, undan tasdiqlangan koʻchirma nusxa taqdim etilishi mumkin.
Fuqarolik protsessual kodeksi
I bo'lim
8 bob. Dalillar
87-modda
Yozma dalillarning aslini taqdim etish
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish87-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.