Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.

(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)

Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshilganida, bu yuridik shaxsga qoʻshilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar oʻtadi.

(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)

Yuridik shaxs boʻlingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga oʻtadi.

Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.

Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.

(50-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)