Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda koʻzdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa tergov harakatlarini oʻtkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda boʻlishlari yoki bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir boʻlgan shaxslarni kuzatish taʼminlanishi lozim boʻlib qolsa, tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining oʻzi unga yordam berayotgan surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar, surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi
Maxsus qism
IX bo'lim
43 bob. Dastlabki tergovning umumiy shartlari
357-modda
Tergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish357-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.