Agar shikoyatda yoki protestda ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi yoxud mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi qonunni qoʻllash toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga faqat ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi
Maxsus qism
X bo'lim
56 bob. Sudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoy…
501-modda
Sud hukmlari, ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga yoʻl qoʻyiladigan muddat
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish501-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.