Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda, xususiy ajrim chiqaradi.
(509¹¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)