Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44, 45¹, 46, 48¹, 82, 82¹, 83 va 84¹-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra yoki jamoat birlashmasining yoxud mehnat jamoasining iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.

(539-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)