Ushbu Kodeks 546³-moddasi birinchi qismining 1 — 5, 7, 8, 9 va 12-bandlarida koʻrsatilgan daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni majburiy keltirishga faqat ularga nisbatan belgilangan tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan va ularni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.

Advokatni majburiy keltirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.