Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244²-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa;
b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
(244²-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244²-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga asosan 244²-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)