Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, —

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;

g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) odamlar oʻlimiga;

b) halokatga;

v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(248¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi OʻRQ-534-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)