Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(255¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)

Oʻsha qilmish:

a) odam oʻlishiga;

b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(255¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)

(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga asosan 255¹-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)