Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, yaʼni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda toʻliq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qoʻyish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud boʻlishi, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz xizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanish —
(100-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(100-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(100-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)