1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xoʻjaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(102-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xoʻjaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(102-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)