Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish yoki gaz isteʼmol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoxud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash —

(103-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(103-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)

Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qoʻllanib hosil qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoxud gazdan foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi vositalarning, issiqlik texnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining boʻlmasligi (buzuqligi) —

(103-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(103-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)

Gaz isteʼmol qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilgʻi xoʻjaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv yoqilgʻi turlarida ishlashga tayyor emasligi —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(103-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)