Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda koʻrib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 119, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar transport vositalari roʻyxatga olingan joyda koʻrib chiqilishi ham mumkin.
(304-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi OʻRQ-289-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)
Ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqiladi.
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqadilar.
(304-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boshqa joyda koʻrib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.
(304-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)