Sud qarorining kirish qismida:

qaror chiqarilgan vaqt va joy;

qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;

huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashgʻulotining turi, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.

Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 313⁴-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.

Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:

maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida koʻrsatilgan boshqa asoslar boʻyicha tugatish haqidagi, maʼmuriy jazoning qoʻllanilishi toʻgʻrisida yoxud uni maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatgan organga yuborish haqidagi;

ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi;

(313⁵-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)

zararning oʻrnini qoplash haqidagi.

Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.

(XXIII¹-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-720-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son)

XXIII² bob. MUAYYAN YASHASH JOYIGA EGA BOʻLMAGAN SHAXSNI REABILITATSIYA MARKAZIGA JOYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA ISH YURITISH