Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim.
(112-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi.
Davlat boji toʻlangan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni toʻliq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan maʼlumotnomaga asosan qaytariladi.
(112-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)