Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;

2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

3) ajrim chiqarilayotgan masala;

4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari;

(169-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa;

6) agar qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.