Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi.
(237-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
(237-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-662-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(237-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-889-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.