(242-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.

(242-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-889-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

(242-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)