Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagi oʻlchamlarda ajratiladi:

1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 1¹-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;

1¹) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha;

(46¹-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-876-sonli Qonuniga asosan 1 va 1¹-bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son)

2) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:

sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;

bogʻdorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;

chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;

paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;

gʻallachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;

(46¹-modda 2-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)

3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:

paxtachilik-toʻqimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;

gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;

sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;

bogʻdorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;

chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;

(46¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)

pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar.

(46¹-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)

(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)