Jinoyat kodeksining 74¹-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash muddatini qisqartirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoxud qonunda belgilangan tartibda mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi.

(536²-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-aprel)