Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.

Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.

Kassatsiya instansiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.

(546¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27 sentabrdagi OʻRQ-869-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)

59¹-bob. DAXLSIZLIKKA, IMMUNITETGA EGA BOʻLGAN SHAXSLARGA NISBATAN ISH YURITISH