Ushbu bobda nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda ularga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlarini amalga oshirish hamda protsessual majburlov choralarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

(59¹-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-oktabrdagi OʻRQ-1182-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)

OʻN UCHINCHI BOʻLIM

ALOHIDA TOIFADAGI JINOYAT ISHLARINI YURITISH