Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash ushbu Kodeksning 72, 87, 93, 95, 222, 223, 235, 272, 321 va 329-moddalarida belgilangan hollarda qoʻllaniladi.
(336-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday taʼminlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak.