Tovarlarni garovga qoʻyish bojxona organi va kafolat shartnomasi boʻyicha toʻlovchi yoki boshqa shaxs boʻlishi mumkin boʻlgan garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi garov toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Garovga qoʻyuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.

Garov toʻgʻrisidagi shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi.

(343-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)