Nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
(338-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
agar bojxona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha maʼlum qilinayotgan boʻlsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida yoki agar bojxona ombori yoxud erkin ombor sifatida bino maʼlum qilinayotgan boʻlsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam boʻlmagan summasi miqdorida — bojxona ombori yoki erkin ombor egalari uchun;
(338-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-913-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 03/24/913/0158-son — 2024-yil 28-maydan kuchga kiradi)
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravari miqdorida — boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining egalari uchun;
(338-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-913-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 03/24/913/0158-son — 2024-yil 28-maydan kuchga kiradi)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravari miqdorida — bojxona tashuvchisi uchun.
(338-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)