Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi.
Fuqarolik kodeksi
III bo'lim
22 bob. Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash
2-§. Garov
268-modda
Garov bilan taʼminlanadigan talab
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish268-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.